Ayol!.. Allaqancha aziz avliyolarni, alp-azamatlarni «alla»lagan ayolmasmi, axir?! Allohning arshi a'losidan amr: «Ayollaringizni avaylang!» Ahli ayolimizni asrasak – a'molimiz a'lo! Aslida, azaldan ardoqlaganmiz...
Akalar, amakilar! Ayollar ayyomi arafasidamiz! Avvalambor, arzirli aytmishlarim: Ayyom arafasida ayolingizdan ayb axtarmang, ayrilmang, arazlashadi. Ayniqsa, axloqingiz aynimasin. Asosan, adolatni anglab, azmingizni andishaga ajrating. Ayollar ayyomi alohida ahamiyatli!..
Aytaymi, ayni ayyomda – attorsiz! Atir, atirsovun, ajabtovur atlas-adras, anvoyi atirgullarni, ahillikni ahli ayolingizga atagaysiz! Ayolingizdan ajoyib anbarlar atri anqisin. Ayyomda atayin ayolingiz atrofida aylaning, alyorlar ayting, anduhlardan, alamlardan ariting!..
Ahdingizdan adashmang, axir ayollar – aziz! Alalxusus, ayollarga asirmiz. Aniq aminmaki, anchagina adolatdan, amallardan ayolning amri afzal! Alarni astoydil asrab-avaylang. Alqissa, ahli ayollarimizni ayyom arafasidamas, abadul-abad ardoqlaylik!!!
Orifjon JO'RAYEV,
«Yangi O'zbekiston» gazetasining Namangan viloyati bo'yicha muxbiri,
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi