Tadbirda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlardan 4 nafariga komp`yuter xizmatlarini yo'lga qo'yishlari uchun komp`yuter jamlanmasi, 14 nafariga tikuvchilik yo'nalishida o'z faoliyatlarini boshlashlari uchun tikuv mashinalari berildi. 

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va davolanishga muhtoj yoshlardan 36 nafariga “Yoshlar jamg'armasi” mablag'lari hisobidan bir martalik (980 000 ming so'm miqdorida) moddiy yordam pullarini olishlari uchun sertifikat taqdim etildi. Ularni Qarshi shahar hokimi Normo'min Xolboev topshirdi.