Brifingda Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva shu mavzuda olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Respublikadagi 9 348 ta mahallada shuncha xotin-qizlar faollari faoliyat olib bormoqda. Faollarning 7 644 nafari oliy, 1 704 nafari esa oʻrta-maxsus maʼlumotli xotin-qizlar.

Mahallalarda xotin-qizlar balansini shakllantirildi va “Xotin-qizlar balansi” platformasi yaratildi.

Shuningdek, Nilufar Jumayeva mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Jumladan, 644849 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani, 6 toifa boʻyicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ishsiz xotin-qizlarga koʻrsatilgan moddiy-tibbiy yordam haqida gapirib berdi. Nizoli oilarlarni yarashtirish borasida qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Ozoda Xudoyberdiyeva,

OʻzJOKU talabasi