Voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirildi. Lekin bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.
Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani qayd etildi.
Ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratilishi belgilandi.
Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.
Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.
Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Yigʻilishda soha uchun masʼullar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.