Ayollarning sevimli avtomobillari

    Bilasizmi? 30 Iyun 2021 3928

    Bugungi kunda mamlakatimiz yoʻllarida avtomobil boshqarib ketayotgan koʻplab ayollarni uchratish mumkin.

    Ayollar avtomobilni ularga har tomonlama qulay boʻlganligi uchun, koʻp hollarda turmush oʻrtogʻi ishda boʻlgan vaqtda bolalarni bogʻcha va maktabdan olib, qoʻshimcha mashgʻulotlarga olib borishda vaqt va mablagʻdan yutish uchun haydashadi.

    2020-yildan 2021-yilning shu vaqtiga qadar ayollar tomonidan qaysi avtomobil qancha xarid qilingan? Quyida yuqorida keltirilgan vaqtlar oraligʻida tuzilgan shartnomalar boʻyicha keltirilgan maʼlumotlarning tahliliga asoslangan statistika keltirilgan.

    Unga koʻra, ayollar tomonidan jami 45 562 dona avtomobil sotib olingan boʻlib, umumiy 14%ni tashkil etadi.

    Demak, ayollar tomonidan sotib olingan avtomobillar TOP-3 ligining birinchi pogʻonasini Chevrolet Cobalt –11 036 dona sotib olinganligi bilan, xarid qilingan Cobalt avtomobillari umumiy sonining – 11% ni tashkil etadi. Keyingi oʻrinni Chevrolet Nexia-3 – 9 889 dona sotuvi bilan 16 %ni koʻrsatkich bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Chevrolet Lacetti – 13%, 8 309 dona avtomobil sotuvi bilan reytingda uchinchi oʻrinni egalladi, deb xabar beradi “Uzauto Motors” AJ matbuot xizmati.