Аrizada koʼrsatilishicha, uning qaynonasiga tegishli bank kartasidan nomaʼlum shaxs 680 000 soʼm pulni oʼzlashtirib olgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida nomaʼlum shaxs aniqlandi. U jabrlanuvchi (qaynona)ning kelini – Guliston tumanida yashovchi N.M. (2000 y.t.) boʼlib chiqdi.
Xabarga koʼra, N.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.