Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan “N.B.” MCHJning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MCHJga qarashli AYOQSH bosh operatori S.A. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali yoqilgʻi mahsulotlari sotuvidan tushgan 689,5 mln soʻmni kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.