Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Soat 18:47 da 112 tizimiga tumanning Birlik mahallasida ish faoliyatini toʻxtatgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shaxobchasida portlash sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga 3 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi borgan. Aniqlanishicha, yongʻin yuzaga kelmagan.
Qayd etilishicha, 10 tonnali yonilgʻi saqlash sisternasini boshqa joyga koʻchirish jarayonida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani ortidan portlash roʻy bergan va payvandlovchi ishchi halok boʻlgan.
Vazirlik hodisa sabablari va yetkazilgan zarar miqdori oʻrganilayotganini maʼlum qildi.