Ayrim avtobus yo‘nalishlari qisqartirildi, ayrimlari uzaytirildi 

    2023-yil 22-noyabrdan boshlab ayrim avtobus yoʻnalishlarining harakatiga oʻzgaritirish kiritildi, ayrimlari toʻxtatildi.

    “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatiga koʻra, yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 22-noyabrdan boshlab:

    “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 74-sonli “Nayman mahallasi – Chilonzor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati Nayman mahallasi bekatidan Ferma bekatigacha uzaytirilmoqda. Yoʻnalishning Chilonzor metrosi tomon harakati Bunyodkor koʻchasi orqali (Gavhar koʻchasi orqali Olmazor metrosi bekatiga kirmagan holda) oʻzgartirilganligini;

    “7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 141-sonli “Karvon bozori – Paxtakor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati KHAYdan Bogʻiston, Muqimiy, Samarqand darvoza, Qoratosh koʻchalari orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻylab oʻzgartirilganligini;

    “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 161-sonli “Erkin mahallasi – Olmazor metrosi” avtobus yoʻnalishining harakati Erkin mahallasidan Quyoshli qoʻrgʻonigacha uzaytirilganligini;

    2023-yil 23-noyabr kunidan boshlab, “4-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 158-sonli “Quyoshli qoʻrgʻoni – Doʻmbirabod mavzesi” avtobus yoʻnalishining harakati toʻxtatilganligini maʼlum qilamiz.