Ular, hatto, g'ayrioddiy uylarini qurishga majbur bo'lishyapti, deb xabar beradi euronews.com.
Darren Chambon, kasbi bo'yicha oshpaz, Fransiyaning janubi-g'arbiy qismida uy qurish sohasida taniqli Andre de Buterdan somondan uy qurish texnikasini o'rganayotgan to'qqiz nafar shogirdlardan biri.
Andrening so'zlariga ko'ra, pandemiyadan keyin shogirdlarining profili o'zgarib ketgan. Agar ilgari ekoinshootlar tor doiradagi odamlarni qiziqtirgan bo'lsa, bugungi kunda deyarli butun o'rta sinf bunga qiziqish bildirmoqda.
Uning shogirdlari atrof-muhit haqida qayg'urishadi va ko'pincha banklar bilan ishlashni xohlamaydi. Fransuz ekspertlarining fikricha, mart oyida foiz stavkalarining tez o'sishi fonida ipoteka krediti bo'yicha arizalarning 45 foizi rad etilgan.
Sharqiy Yevropada, Fegivernek shahrida Ishtvan Baynok va uning rafiqasi Kinga qadimiy g'isht quyish texnikasidan foydalangan holda, paxsa uy qurishyapti. Bu usulda uy qurish beton qurilish bozorida hukmronlik qilgan paytdan boshlab unutilgan edi.
Ishtvan o'tgan yilni g'isht quyib o'tkazdi. “Men o'nlab do'stlarim ko'magida jami 17,5 ming dona g'isht quydim”, deydi u, uyi oldida g'urur bilan.
Uy-joy tayyor, uyning markazida pechka bor, bu uch farzandli oila uchun elektr energiyasini deyarli ikki barobarga kamaytiradi. Oldinda faqat uyning ichki qismini bezash ishlari qolyapti, xolos.