Shu bilan bir qatorda, ayrim isteʼmolchilarda bunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritishganda oʻtgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani toʻgʻrisida videoxabarlar tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
Maʼlumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning avgust oyidan yangilangan “HET BILLING” dasturiy kompleksi tashkil etildi.
Ayni shu jarayonda eski tizimdan isteʼmolchilarning arxiv maʼlumotlarini yangi tizimga koʻchirishda ayrim isteʼmolchilar shaxsiy hisobida noaniqliklar kelib chiqayotganligini maʼlum qilamiz. Bunday noaniqliklar aniqlangan hududlarda ayni paytda qoʻshimcha mutaxassislar ajratilgan holda masalaga oydinlik kiritish ishlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qilamiz, deyiladi maʼlumotda.