Unga ko‘ra:
- Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
- Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
- Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
- Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
- Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam ta’minlagan o‘quvchi-talaba;
- Oila a’zolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlagn oilaning professional yoki OTM da ta’lim olayotgan farzandi;
- Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
- Oilasi kam ta’minlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida:
- bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
- magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagi toifalarlarga amal qilmaydi:
- ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
- qo‘shma ta’lim dasturlari;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.