Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri rahbari B.Tugalov tashabbusi bilan Gruziya davlatidan xalqaro toifadagi rejissyor Nino Maglakelidze boshchiligida Otar Katamadze qalamiga mansub “Ayvon” spektaklini sahnalashtirish jarayonlari boshlangan edi.
Ushbu jarayon bilan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Baxtiyor Toʻrayev hamda Samarqand viloyat rus drama teatri bosh rejissyori Axmatilla Niyazov teatrda boʻlishdi.
Spektaklni sahnalashtirish jarayonlari bilan tanishish asnosida rejissyorlar bu boradagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Teatr rahbarining ushbu tashabbusi ikki xalq oʻrtasidagi ijodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan birga, Kattaqurgʻon shahri teatr ixlosmandlariga yangi spektakl tuhfa etadi. Bu esa, teatr fondini yangi bir repertuar bilan boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi аxborot xizmati