Parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo Bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan berildi.

Aviakompaniya RRJ-95B havo kemalarida Rostov-na-Donu-Samarqand-Rostov-na-Donu, Rostov-na-Donu-Urgench-Rostov-na-Donu, Krasnodar-Urgench-Krasnodar va Mineralniye Vodi-Urgench-Mineralniye Vodi yoʻnalishlarida muntazam parvozlarni yoʻlga qoʻyadi.