Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, tadbirda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati va turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish istiqbollari toʻgʻrisida, shuningdek, aholini kasbga tayyorlash boʻyicha kasb-hunar maktablari va monomarkazlar faoliyati haqida taqdim qilindi.

“Planet one group” vakillari kompaniya Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida taʼlim va yoshlarni kasbga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida soʻzlab berdi. Xususan, Ganada 35 ta kasbiy texnik oʻquv markazlarini modernizatsiya qilish va Senegalda 47 ta kasb-hunar markazini rivojlantirish boʻyicha davlat-xususiy sherikchilik loyihalari hayotga tadbiq yetilayotgani maʼlum qilindi. Oʻzbekistonda ham ushbu yoʻnalishdagi ishlarni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Muloqot davomida, shuningdek, “Planet one group” fermerlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xoʻjaliklarni texnik modernizatsiya qilish hamda fermerlar malakasini oshirish markazlarini tashkil qilish masalalari xususida ham fikr almashildi.