Shu munosabat bilan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Abdulaziz Oqqulovni Birinchi darajali “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirladi.

Bu haqda “Gulf Today” nashri xabar bergan.

Yuksak mukofotni mamlakat Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Davlat vaziri Said bin Muborak Al-Hajriy topshirdi. Samimiy muloqot chogʻida vazir BAA Oʻzbekiston bilan barcha sohalarda munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Al-Hajriy elchiga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning vakolati doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi oʻrnini yuqori baholadi.

Oʻz navbatida, Oqqulov Prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga chuqur minnatdorlik bildirib, BAA rahbariyati mamlakatning jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlashga qatʼiy intilayotganini aks ettiruvchi taraqqiyot va yutuqlarni eʼtirof etdi.

Uchrashuv yakunida diplomatimiz oʻzaro aloqalarni mustahkamlash missiyasi muvaffaqiyatiga hissa qoʻshgan hamkorlik uchun hukumat tarkibidagi barcha idoralarga minnatdorlik izhor etdi.