Bu haqda Championat.atsia saytida xabar chiqdi.

Xabarda aytilishicha, Kuadio diskvalifikatsiya sabab jamoasiga yordam bera olmaydi. Yahyo Nodir hali esa toʻliq tayyor emas. Shuningdek, Abdulrahmon Solih jarohat tufayli va Fabio De Lima shaxsiy sabablarga koʻra BAA bilan birga Oʻzbekistonga kelmagan.

Kelib chiqishi braziliyalik boʻlgan aʼzosi Fabio de Lima Oʻzbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin, deya yozadi olamsport.com.

Maʼlum boʻlishicha, “Al Vasl“ klubi futbolchisi 2013-yilda Oʻzbekiston fuqarosi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Bu holat Oʻzbekistonda tekshiruvga sabab boʻlgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani maʼlum boʻlgan.

Shu bois Fabio hech qachon Oʻzbekistonga uchib kelmaydi.

Avvalroq, “Nasaf“ OCHLda “Al Vasl“ni qabul qilgan va De Lima Qarshiga kelmagandi.

Soʻngra “Al Vasl“ “Paxtakor“ga qarshi oʻynadi, unda ham Fabio kelmadi. U 15-oktyabr kungi bahsni ham oʻtkazib yuboradi.