Unda, shuningdek, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Osiyo taraqqiyot banki, “5 poytaxt”, “Green Business Innovation” kompaniyalari vakillari, fermer xoʻjaliklari, klasterlar rahbarlari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

Suhbat chogʻida loyihani amalga oshirish jarayoni, qurilishning navbatdagi bosqichi doirasidagi ishlarga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, Sherobod shahri va unga tutash hududlar boʻylab yuqori voltli liniyalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar batafsil koʻrib chiqildi.

Loyihaning texnik parametrlari har tomonlama tahlil qilingandan soʻng uni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PQ-85-sonli qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirilyapti.