Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, har yili dunyo miqyosida 604 ming nafardan ortiq ayolda bachadon boʻyni saratoni birinchi bor qayd etilib, shundan 342 mingtasi ushbu kasallik oqibatida vafot etmoqda. Butun dunyoda boʻlgani kabi, Oʻzbekistonda ham bachadon boʻyni saratoni barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi saratonidan keyingi oʻrinda turadigan va keng tarqalgan saraton xastaligi hisoblanadi.
Kasallik oʻlim koʻrsatkichi boʻyicha barcha yoshdagi ayollar oʻrtasida koʻkrak bezi va oshqozon saratonidan keyin uchinchi oʻrinda turadi.
Bachadon boʻyni saratoni – bu oldini olish mumkin boʻlgan yagona saraton kasalligidir. Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablarning asosiysi (98-99 foizi) odam papilloma virusi (OPV) hisoblanadi. Saraton kasalligidan oldin esa saraton oldi holatlar kuzatiladi.
Bachadon boʻyni saratoni-belgilarsiz boʻladi ,faqatgina teshiruvlar orqali aniqlash mumkin. Agar kasallik erta aniqlansa davolash uchun zarur boʻlgan vaqt yetarli boʻladi
Shu maqsadda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida Toshkent shahrida 5 ta va Andijon viloyatida 2 ta quyidagi markaziy oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda:
Tashkent shahri uchun:
1. Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani-19, Yunus ota koʻchasi, (sobiq T.Zaxidova), 2.
tel: 71 223-10-81; 71 223-10-80.
2. Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 7A.
tel: 71 273-51-99; 71 273-38-19
3. Mirzo Ulugʻbek tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, TTZ-2.
tel: 71 261-64-60; 71 264-56-15.
4. Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod koʻchasi, Mahtumquli (sobiq. Tarraqiyot), 2.
tel: 71 231-75-08.
5. Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika
Manzil: Toshkent shahri, Koʻkcha darvoza koʻchasi, (Sobiq Mannon Uygʻur), 305.
tel: 71 242-06-95.
Andijon viloyati uchun:
1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Mashrab koʻchasi, 39-uy.
tel: 74 226-52-34; 74 226-76-98.
2. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Toshkent koʻchasi, 50-uy.
tel:74 227-42-74.
Ma'lumot uchun: Roʻyxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha boʻlgan barcha ayollar BBR
(bachadon boʻyni saratoni) ga bepul tekshirildi.
Toshkent shaxri va Andijon viloyati boʻylab 10000 nafardan ortiq ayollar skrining tekshiruvlaridan oʻtishdi.
Tekshiruv natijalari buyicha 10 % foiz ayollarda, virus aniqlandi.
Skrining tekshirish jarayonida aniqlangan oʻzgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.
Imkoniyatingizni qoʻldan boy bermang !
Bepul tekshiruvlardan oʻz vaqtida oʻting !