Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinadi

    Mamlakatimizda 24 Iyun 2020 3021

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi faoliyatini takomillashtirish, jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

    Hujjatga muvofiq, Direksiyadagi rekonstruksiya jarayonlari 2021-yilda amalga oshiriladi.

    Rekonstruksiya davomida fond ashyolarini ishonchli saqlash, galereyaga tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

    Shuningdek, Direksiyada kerakli uskunalar bilan jihozlangan, podramnik, baget tayyorlash va qadoqlash ishlab chiqarish hamda taʼmirlash ustaxonalarini yaratish choralari koʻriladi.