Kattaqurgʻon shahrida ham aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish ishlarini taraqqiy ettirish maqsadida sport musobaqalari, turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida shahar Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida badiiy gimnastika boʻyicha shahar ochiq birinchiligi boʻlib oʻtdi.

2004-2015-yillarda tugʻilgan 200 dan ortiq gimnastikachi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada Kattaqoʻrgʻon shahar, Buxoro, Navoiy viloyati, Toyloq, Oqdaryo, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Narpay tuman jamoalari bellashdi.

Musobaqada ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova gimnastikachi qizlarga omad tiladi. Gʻoliblar diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi Axborot xizmati