O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan dorixonalardagi holat yuzasidan kunlik tahlil o'tkazilmoqda. Jumladan, federatsiyaning Bag'dod tumani jamiyati tomonidan ham uy sharoitida koronavirus infektsiyasini davolash uchun tavsiya etilgan dori vositalarining dorixonalarda mavjudligi va narxi hamda zaxirasi yuzasidan jamoatchilik manitoringi olib borilmoqda. Monitoring natijalariga ko'ra, Bag'dod shaharchasidagi “SHIFO”, “ADONS FARM”, “RELAKS FARM”, “ASADBEK-MEGA FARM” kabi xususiy dorixonalarda holat quyidagicha ekani ma'lum bo'ldi: askorbinka kislotasi zaxirada 800 so'm, 2000 (ikki ming) dona; gidroksixloroxin 200 mg dori vositasi mavjud emas; paratsetamol 500 mg 1000 so'm, zaxirada 3000 (uch ming) dona, azitromitsin 500 mg dori vositasi — O'zbekistonda ishlab chiqarilgani 5000 so'mdan 30000 ming so'mgacha, Gruziyada ishlab chiqarilgani 36000 ming so'm, Hindistonda ishlab chiqarilgani 25000 ming so'mdan sotilmoqda. Dorixonalarda zaruriy dori vositalari zaxirasi etarli darajada mavjudligi va amaldagi tartibga asosan belgilangan narxlarda sotilayotganligi kuzatildi.
Dilorom Mirzaeva
Bag'dodda nima gaplar?
Azitromitsin 500 mg dori vositasi — O'zbekistonda ishlab chiqarilgani 5000 so'mdan 30000 ming so'mgacha, Gruziyada ishlab chiqarilgani 36000 ming so'm, Hindistonda ishlab chiqarilgani 25000 ming so'mdan sotilmoqda.
Yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi
- Bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta'siridan himoya qilish: xorij tajribasi ish beradimi?
- “Dizayn” jamoasi aʼzosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
- Olimlar sayyoralarning ketma-ket shakllanishining ilk dalilini topishdi
- Raqamli markirovkalangan tovarlarning harakatini kuzatib borish tizimi takomillashtiriladi
- Tirikchilik qiymatining global indeksi
Bugun XXV qishki Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimi o'tkaziladi
- Oʻzbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadada ishtirok etish uchun Italiyaga yoʻl oldi
- Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari muhokama qilindi
- “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kelgusidagi ustuvor vazifalari koʻrib chiqildi
- Oʻzbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi
- O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi