Bahodir Jalolov Mustaqillik darsida ishtirok etdi

    Bugun, 6 sentyabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o'quv yili ochilish munosabati bilan “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri va Mustaqillik darslari tashkil etildi.

    O'zDJTSU axborot xizmati xabar berishicha, tadbir avvalida universitet rektori Maxmudjon Boltabaev kirish imtihonlaridan yuqori ball to'plab, talabalikka tavsiya etilgan barcha yigit-qizlarni muborakbod etdi.

    Yangi o'quv yilining ochilish marosimi shu tariqa “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Mustaqillik darslariga ulanib ketdi.

    Mustaqillik darslari Tokio Olimpiadasi g'olibi Bahodir Jalolov ishtirokida o'tkazildi.

    Unda ishtirok etgan talabalar Tokio Olimpiadasi g'olibi bilan ochiq va samimiy muloqat qildi.

    Shundan so'ng, 1-kursga qabul qilingan talabalar ilm dargohida sportchi-talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.