Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Milliy gvardiya qoʻmondoni general mayor R.Djurayevning buyrugʻi bilan “Parij-2024” XXXIII yozgi Olimpiada oʻyinlarida munosib ishtirok etib, yurtimizga tarixiy gʻalabalarni taqdim etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning murabbiylari hamda ularning ota-onalari ragʻbatlantirildi.
Jumladan, Milliy gvardiyaning “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va esdalik qimmatbaho sovgʻasi bilan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi — Kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli hamda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi — kapitan Doʻsmatov Hasanboy Marufjon oʻgʻli;
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi — Qilichov Toʻlqin Maxmurovich, Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi — Roʻzioxunov Rahmatjon Tursunovich hamda boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi katta oʻqituvchisi — podpolkovnik Rasulov Elshod Yunusovich “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi shaxsiy tarkibi orasida uzlarining sadoqati, jasorati va mardligi bilan oʻrnak boʻlib, ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq harbiy xizmatchilar va yoshlar orasida sportni targʻib qilishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun, kapitan Jalolov Bahodir Isomiddin oʻgʻli va kapitan Doʻsmatov Xasanboy Marufjon oʻgʻliga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy bosh qoʻmondonining ruxsati bilan navbatdan tashqari “podpolkovnik” harbiy unvoni muddatidan oldin berildi.