Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur tantanali tadbirda poytaxtda joylashgan kuch tuzilmalarining otliq boʻlinmalari ishtirok etadi.

Shuningdek, “Otliq kavaleriya paradi” Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlar markazlarida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Hududlardagi tadbirlar 10, 11 va 12-yanvar kunlari soat 15:00 da tashkil etiladi.

Tadbir Vatan himoyachilarini ulugʻlash, milliy harbiy anʼanalarni namoyon etish hamda aholiga bayramona kayfiyat ulashishga qaratilgan.