Fil`m rejissyori Jahongir Ahmedov va stsenariy muallifi Hasan Toshxo'jaevlar suratga olinishi kutilayotgan yangi fil`m uchun manbalar yig'ish, Bahodir Yalangto'sh hayoti haqida hikoya qiluvchi materiallar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahrida bo'lishdi.
Kinoijodkorlar ishni dastlab Bahodir Yalangto'sh va uning piri Mahdumi A'zamning qabrini ziyorat qilishdan boshladilar. So'ngra Samarqand davlat universitetida viloyat tarixchi olimlari, san'at va madaniyat namoyandalari, yozuvchilar, jurnalistlar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati