Shu yilning 2-7-iyul kunlari Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan 34-“Altin Karagöz” xalqaro festivalida Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli ham ishtirok etdi. Festivalda faxrli 3-oʻrinni egallagan ansamblimiz chiqishlari festival qatnashchilari tomonidan alohida alohida eʼtirof etildi.
Festival doirasida 22 davlatdan tashrif buyurgan ansambllar oʻzlarining milliy xalq raqslari bilan ishtirok etdi.
Festival tom maʼnoda Bursada dunyo raqslarini birlashtirgan nufuzli tadbir sifatida tarixga muhrlandi, deb yozyapti Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.