Bu haqda Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi maʼlum qildi.
Ekstraditsiya jarayoni ikki davlatning vakolatli idoralari tomonidan olib borilgan muvofiqlashtirilgan ishlar hamda Interpolning xalqaro politsiya hamkorligi kanallaridan samarali foydalanish orqali amalga oshirilgan.
Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi bilan hamkorlikda Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosini axborot bilan taʼminlash doirasida oʻtkazilgan qoʻshma tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida respublika ichki ishlar organlari tomonidan oʻta yirik miqdordagi oʻgʻrilikni sodir etganlik uchun qidiruvda boʻlgan yana bir Oʻzbekiston fuqarosi yurtimizga deportatsiya qilingan.
Muzokaralar, hamkorlikdagi tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida Amerika Qoʻshma Shtatlarining vakolatli organlari qidiruvdagi shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Qayd etilishicha, har ikki holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik samaradorligini hamda transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda Interpol kanallari orqali tezkor maʼlumotlar almashish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Olib kelingan qidiruvdagi shaxslar sud oldida javob beradi.