Quvonarlisi, para atletlarimiz musobaqaning ilk kunida hozircha 2 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Jumladan, para yengil atletikaning ayollar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish turi boʻyicha Kubaro Hakimova 8.38 metr koʻrsatgich bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yoʻnalishda yana bir hamyurtimiz Nigina Husanova 7.39 metr natija bilan bronza medaliga sazovor boʻldi.

Para suzish bahlarida S8 klassida 200 metrga kompleks usulda suzish boʻyicha hamyurtimiz Azizbek Boynazarovga teng keladigan raqib topilmadi. Sportchimiz delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qoʻydi.
Bugun para yengil atletika boʻyicha sportchilarimizning ishtiroki davom etadi.