Biroq ba'zi yurtdoshlarimiz bu boradagi ekologik qonunchilikka rioya qilmay tabiatga jiddiy ziyon etkazmoqda.
CHimboy tumani inspektsiyasining davlat inspektorlari tomonidan o'tkazilgan reyd tadbiri natijasida Qorao'zak tumanida yashovchi fuqarolar O.D, A.S, A.A va A.Alar tomonidan tumandagi "Alg'abas" ovul fuqarolar yig'ini hududidan oqib o'tuvchi kollektordan 32 dona do'ngpeshona, 10 dona karas va 2 dona bobla balig'i ovlagani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 35-moddasiga asosan 15 699 200 so'm zarar hisoblandi va sud organiga o'tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
Ashyoviy dalil sifatida olingan noqonuniy ovlangan baliqlar CHimboy tumanidagi 3- Respublika tumanlararo shifoxonasiga xayriya sifatida topshirildi.