“Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimalarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek bahor bayramlarini munosib nishonlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va “Oʻzarxiv” agentligining 2021-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar dasturi” 23-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda Oʻzbekiston milliy arxivlari yosh xodimalari oʻrtasida bellashuvi oʻtkazildi.

Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga boʻlgan munosabat va eʼtibor bilan bogʻliq.

Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi oʻrni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari davlatimiz vajamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

“Oʻzarxiv” agentligi tizimida ham xotin-qizlarni, yoshlar qoʻllab quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning qariyib 70 foizini ayollar tashkil etadi. Ushbu ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha dasturlar ishlab chiqilgan.

Tanlovida 16 nafar ishtirokchi arxiv sohasini rivojlantirish boʻyicha innovaitson gʻoya yoki arxiv sohasini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti, ekibana (guldastalar) va karvin (turli meva va sabzavotlardan shakllar) yasash, rasm chizish va shirinlik va turli salatlar tayyorlash, arxiv ishi, AKT, korrupsiya boʻyicha savol-javoblar, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda ularni bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlarini tayorlash kabi shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Gʻoliblar 1,2,3- darajali diplom, Agenlikning “Faxriy yorliq” va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.