2020 darhaqiqat dunyo tarixida qurbonliklar, talofotlar, baxtsiz xodisalarga boy boʻlgani bilan iz qoldiradishi aniq. Bugun shundoq ham butun olam koronavirus balosidan aziyat chekib turgan bir paytda duyoning qaysidir burchagida odamlar yongʻindan, qayerdadir suv toshqinidan ham halok boʻlmoqdalar. Bangladeshdagi kuchli suv toshqini natijasida ham millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.
NASA maʼlumotlariga koʻra, musson yomgʻirlari sabab mamlakat hududining chorak qismini suv bosgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yomgʻirli mavsum boshlanganidan beri tabiiy ofatlar 5 milliondan oshiq odamga taʼsir koʻrsatgan, 100 dan ortiq odam halok boʻlgan.
Mahalliy hokimiyat vakillaridan biri Muhammad Ashraf Alining aytishicha, toshqinlar mamlakatning barcha aholisiga taʼsir koʻrsatgan. 30 dan ortiq uy suv ostida qolgan. Hukumat qurbonlarga yordam koʻrsatishi kerak. Vaziyat juda qiyin. Aholini vaqtincha turar joy bilan taʼminlash zarur.