O'zbekiston iste'molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro J.Sharipov tomonidan murojaat kelib tushdi.
Unda iste'molchi, har bir oila tadbirkor loyihasi doirasida quyonchilikni rivojlantirishga kredit olish maqsadida tuman markazida joylashgan tijorat bankiga murojaat qilib, broller jo'jalar etishtirish uchun 20.000.000 (yigirma million) so'mlik 3 tomonlama kredit shartnomasi imzolaydi. Ta`minotchi tomonidan jo'jalar va ularning ozuqalari fuqaroning xonadoniga keltirib berilgan bo'lsada, bank tomonidan shartnomada belgilangan pullar oradan ancha vaqt o'tishiga qaramay, hisob raqamiga tushmaganligidan norozilik bildiradi. Iste'molchi bankka murojaat qilganda esa bank hodimi turli bahonalar orqali pulni tushirib bermayotganini aytib o'tgan.
Mazkur murojaat, Federatsiyaning Karmana tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida shartnomada ko'rsatilgan 20.000.000 (yigirma million) so'm mablag' ta'minotchi hisob raqamiga tushurib berilishiga erishildi.
Ana shunday murojaatlardan yana biri — Andijon viloyati Oltinko'l tumanida yashovchi fuqaro O.Aqchabayeva tomonidan kelgan bo'lib, iste'molchi “Shona” maishiy texnika do'konidan kreditga extiyoji uchun “Samsung J2” qo'l telefonini sotib olgan. Kredit miqdori 2 350 000 (ikki million uch yuz ellik ming) so'mni tashkil qilgan. Biroq, tijorat banki tomonidan iste'molchiga qo'shimcha 18 922 917 (o'n sakkiz million to'qqiz yuz yigirma ikki ming to'qqiz yuz o'n etti ming) so'mga kredit foizi to'lashligi to'g'risida xat kelganini aytib o'tgan.
Mazkur murojaat o'rganilishi natijasida, qo'shimcha 18 922 917917 (o'n sakkiz million to'qqiz yuz yigirma ikki ming to'qqiz yuz o'n etti ming) so'm mablag' iste'molchi foydasiga hal etildi.
O'zbekiston iste'molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi axborot xizmati