Maʼlum boʻlishicha, boʻlim ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiining 2021-yil 18-yanvardagi 2-1601-2003/7328-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “ABU TEX” MCHJ va boshqalardan undiruvchi “Asakabank” Namangan filiali AJ foydasiga jami 605.922.217 soʻm kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan jori yyilning 2-mart kuni ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilib, kredit qarzdorligini ixtiyoriy toʻlanishi uchun
15 kunlik muddat berilgan.

Qarzdor jamiyatga ijro hujjatida belgilangan qarzdorlikni toʻliq qoplanmagan taqdirda, undiruv garovdagi mol-mulklarga qaratilishi, maʼmuriy javobgarlik masalalari hal etilishi boʻyicha berilgan tushuntirishlar berilgan.

Jamiyatdan 605.922.217 soʻm kredit qarzdorligi toʻliq undirildi, ijro hujjati tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi