Maʼlum boʻlishicha, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ning Sergeli filiali qoshidagi “Oʻzgarish bank xizmatlari markazi” nazoratchi-kassiri Y.N. va bosh mutaxassisi M.Sh.lar joriy yilning 14-17-iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shahobchasidan oʻzlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSH dollarini olishga erishib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Shuningdek, Y.N. oʻzlashtirgan mablagʻlarining bir qismini “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini taʼmirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.