“Bank operatori” oʻzganing kartadagi pullarini oʻzlashtirib oldi

    Yunusobod tumanida yashovchi 29 yoshli K.A. bank kartasidagi 11.000.000 soʻmni nomaʼlum shaxs oʻzlashtirib olgani yuzasidan IIOga murojaat qildi.

    Mazkur jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 24 yoshli I.A. sodir etgani maʼlum boʻldi.

    Aniqlanishicha, I.A., jabrlanuvchi K.A.ning qoʻl telefoniga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “bank operatori” sifatida tanishtiradi.

    “SMS” xabarnoma yuborish orqali jabrlanuvchi plastik kartasining boshqaruv huquqini qoʻlga kiritadi. Oqibatda kartadagi 11.000.000 soʻmni oʻzlashtirib olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

    Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. K.A. tomonidan sodir etilgan, ammo fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.