Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:

- prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra;

- tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.