Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro A.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilib, tumandagi bank filialidan uning xabardorligisiz 50,5 mln soʻm onlayn kredit olganligi, shuningdek, bank filiali xodimi bilan oʻzaro til biriktirib, 11 nafar fuqaro nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirib, jami 368 mln soʻm kredit mablagʻini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.