Namangan viloyatida Uychi tumanida yashovchi 50 yoshli ayol S.N. ariza bilan murojaat qilib, uning nomiga roziligisiz 15.460.000 soʻm kredit rasmiylashtirilib, ushbu miqdordagi pullar bank kartasiga tushirilib, shu zahoti boshqa bank kartasiga oʻtkazib olinganligini bildirib, aybdor shaxsga qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 27 yoshli B.B. sodir etganligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, B.B. bank ish boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelib, xizmat vakolatidan foydalangan holda fuqaro S.N.ning shaxsiy maʼlumotlari orqali uning nomiga kredit rasmiylashtirib, pullarni noqonuniy oʻzlashtirgan.

Jinoyat sodir etgan B.B. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Kiberxavfsizlik markazi.