Gʼijduvon tuman Mirakon MFY Аdoq qishlogʼida yashovchi fuqaro S.Jumayeva joriy yilning 15 iyul kuni Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Gʼijduvon tuman jamiyatiga yozma shaklda murojaat qilib, mazkur tuman markazida joylashgan tijorat banklaridan biriga 2019 yil iyun oyidan 2019 yil oktabr oyigacha naqd pul shaklida uy joy krediti toʼlovlarini amalga oshirganini, ammo bank xodimlaridan biri tomonidan hech qanday kvitantsiya taqdim etilmaganini va mazkur pullar bank hisob raqamiga kirim qilinmay oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, hozirgi kunga qadar aldab kelayotganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat oʼrganilib chiqilishi natijasida, bank xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi va isteʼmolchining 2 920 000 soʼm mablagʼi bank hisob raqamiga kirim qilinib, istemolchiga belgilangan tartibda toʼlov kvitantsiyasi taqdim etilishiga erishildi.
Yana bir murojaat Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi fuqaro M.O tomonidan kelgan. Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Buxoro shahrida joylashgan maishiy texnika savdo doʼkondan 2021 yil fevral oyida oʼz ehtiyoji uchun 4.200.000 (toʼrt million ikki yuz ming) soʼmga «Oynali muzlatgich» (vitrina xolodilьnik) ni sotib olgan. Savdo doʼkoni tomonidan ushbu muzlatgichga bir yillik kafolat berilgan, shu davr mobaynida maishiy texnikada biror nuqson chiqsa, savdo doʼkoni ustalarining oʼzlari kelib taʼmirlab berishlarini bildirilgan. «Oynali muzlatgich» maishiy texnikasi olib kelingandan soʼng, bir hafta mobaynida isteʼmolchi muzlatgich talab darajasida ishlamayotganidan norozi boʼlib, savdo doʼkoniga telefon orqali murojaat qilgan. Savdo doʼkoni tomonidan bir oy davomida ikki marotaba usta joʼnatilib muzlatgich taʼmirlangan, ammo isteʼmolchi murojaati toʼliq qondirilmagan. Savdo doʼkoniga qayta-qayta murojaat qilishdan charchagan fuqaro (isteʼmolchi) M.O. Federatsiyasiga murojaat qilishga majbur boʼlganini aytib oʼtgan.
Murojaat Kogon tumani jamiyati xodimlari tomonidan atroflicha oʼrganib chiqilishi natijada isteʼmolchiga muzlatgich uchun toʼlangan jami 4.200.000 (toʼrt million ikki yuz ming) soʼm mablagʼ qaytarilishiga erishildi.