Shu bois ushbu korxonalarni tajribali tadbirkorlarga uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etilgan. Ijobiy natija koʻrsatgan tadbirkorlarga bu mulklar 10-yilda boʻlib toʻlashga beriladi.
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini lizingga yetkazib berish tizimini issiqxonalar uchun ham joriy qilish zarurligi taʼkidlandi.
Oʻmon Sultonligining yirik savdo tarmoqlarida Oʻzbekiston mahsulotlari uchun alohida rasta ajratilib, ilk bor gilos, shaftoli va oʻrik eksporti yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tajribani Malayziya, Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari, Qatar, Singapur, Koreya, Yaponiya va Yevropada kengaytirish muhim ekani aytildi.
Ushbu davlatlarda savdo yarmarkalarini birinchi marta tashkil qilish xarajatlari qoplab berilishi taʼkidlandi.