Banklar tomonidan chiqarilgan bank kartalari soni 30 milliondan oshdi

    Raqamlashtirish 22 Avgust 2022 1942

    Banklar va to'lov tashkilotlari tomonidan o'rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18.450 tani tashkil etgan. 

    Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilning 1 avgust holatiga muomaladagi bank kartalari soni 30.293.251 taga etgan. Iyun` oyida kartalar soni 351 mingtaga ko'paygan.

    Shuningdek, banklar va to'lov tashkilotlari tomonidan o'rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 18.450 tani tashkil etgan.

    Iyul oyida to'lov terminallari orqali tushgan tushumlar 14,9 trln.so'mni tashkil etib, yanvar`-iyul` oylari davomida tushgan tushumlar 88,5 trln.so'mdan oshgan.