Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

    Moliya 25 Iyun 2025 650

    Qonunga koʻra, bank faoliyatini tugatish ixtiyoriy yoki majburiy tugatish shaklida amalga oshirilishi mumkin.

    Agar bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlmasa yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori boʻlmasa, u ixtiyoriy tugatilishi mumkin.

    Bankni ixtiyoriy tugatish Markaziy bankning roziligiga asosan amalga oshiriladi.

    Agar bank tizimli ahamiyatga molik deb eʼtirof etilmagan boʻlsa, u “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda majburiy tugatilishi mumkin.

    Bankni majburiy tugatish Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish va bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarori asosida amalga oshiriladi.

    Bankni majburiy tugatish suddan tashqari va sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.

    Bankni majburiy tugatish jarayonida majburiy tugatilayotgan bankning aktivlari hamda majburiyatlarini boshqa bankka oʻtkazish va (yoki) bankning aktivlarini sotish vositalaridan foydalaniladi.