Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” aholini ogʻiz orqali yuborish uchun moʻljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi “BAR-VIPS” preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan  ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilmoqda. 

Hozirda Oʻzbekistonda 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritayotgan boʻlsa, bu dorixonalar peshtaxtalarida “BAR-VIPS” preparatining sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi butkul olib tashlanmagan boʻlishi  mumkin.