Barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlarida chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, 2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi.

    Shu yil 1-dekabrgacha yurtimizdagi barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.

    Transport vazirligi:

    — avia, temir yoʻl va avtobus chiptalarini tabaqalashtirilgan narxlarda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimini joriy qiladi;

    Navroʻz umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni, Yangi yil bayrami va Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) hamda Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida respublika hududlarini bogʻlovchi qoʻshimcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyadi;

    — amalga oshirilayotgan tadbirlar, jumladan, ochilayotgan yangi reyslar, reyslardagi yuklamalar, shakllantirilayotgan yangi avia va temir yoʻl marshrutlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boradi.