YUqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani ko'rsatib o'tildi.
SHu munosabat bilan barcha maktab, bog'cha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qo'llar” dasturi amalga oshiriladi. Unga ko'ra:
- ta'lim va tibbiyot tashkilotlaridagi qo'l yuvish joylari sanitar-gigiena vositalari bilan to'liq ta'minlanadi,
- sharoiti og'ir bo'lgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bog'chaga geliokollektor olib beriladi;
- 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va tsisterna o'rnatiladi.
Ushbu maqsadlar uchun shu yilning o'zida byudjetdan 780 milliard so'm ajratiladi.
Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda bo'lishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.
“Toza qo'llar” dasturining mohiyati, shaxsiy gigiena haqida katta targ'ibot kampaniyasini tashkil etish muhimligi ko'rsatib o'tildi.