Uchrashuvda dastlab “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining oʻrinbosari bank vakillarini aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, transformatsiya jarayonlari, iqtisodiy barqarorlikka erishish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar natijalari bilan tanishtirdi.
Oʻz navbatida “Barclays” banki tomonidan kredit loyihalari riski, loyihani moliyalashtirish boʻyicha Eksport kredit agentliklari (EKA) krediti va xalqaro moliyaviy bozorlar yoʻnalishlari ofislari ishtiroki boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda bank vakillari tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun savdoni moliyalashtirish boʻyicha bildirilgan takliflar boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga bank tomonidan taklif etiladigan moliyaviy instrumentlar oʻzaro muhokama etildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Maʼlumot uchun: “Barclays” – Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik moliyaviy konglomeratlardan biri boʻlib, Yevropa, AQSH va Osiyoda keng tarqalgan. U aktivlari boʻyicha Buyuk Britaniyadagi ikkinchi yirik bank hisoblanadi.