Kataloniya kiberxavfsizlik agentligi xabariga koʻra, “Ransom House” xakerlik guruhi Barselonaning yirik shifoxonalaridan biri boʻlgan “Clinic de Barcelona”ga kiberhujum uyushtirishgan.

Kiberhujum oqibatida 150 dan ortiq tezor jarrohlik operatsiyalari toʻxtab qolgan va 3 000 nafardan ortiq bemorlar ulangan qurilmalar ishdan chiqqan.

Shifoxona direktori Antoni Kastel matbuot anjumanida - favqulodda vaziyat rejasi shifoxonaning bir necha kun ichida ishlashiga imkon berishini, ammo shifoxona kompyuter tizimi tiklanmagan taqdirda bemorlarni koʻchirishga toʻgʻri kelishini maʼlum qilgan.

Kiberhujum Ispaniya hududidan tashqarida “Ransom House” xakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Ammo hozirgi vaqtga qadar “Ransom House” tomonidan hech qanday talab qoʻyilmagan.