Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Yu.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MCHJ tashkil qilib, sportchilar sogʻligʻini monitoring qilishga moʻljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln. soʻm mablagʻni jamiyat hisobiga oʻtkazib, talon-toroj qilgani aniqlandi..
Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli boʻlgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln soʻm mablagʻni yechib olib, oʻzlashtirgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga guyoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini koʻrsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln. soʻm mablagʻlari oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgan.