Uchrashuvda Oʻzbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda izchil rivojlanayotgani hamda yangi hamkorlik imkoniyatlari uchun mustahkam zamin yaratilayotganini qayd etdi.
Shuningdek, suhbat chog‘ida boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.